AsosiyHi-tech

YuRAGINGIZ AHVOLI QANDAY?

'YuRAGINGIZ AHVOLI QANDAY?'ning rasmi

Lourens Milliy Laboratoriyasi olimlari sun`iy yuraklar faoliyatini muntazam kuzatib borish va kerakli paytda muolaja qilish uchun unga mikrochip o`rnatishga erishishdi... Bu avval hayvonlarda sinab ko`rildi. Nihoyat, uch oylik sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, mazkur olamshumul ixtiro OAV orqali e`lon qilindi. Sun`iy yurakka o`rnatilgan mikrochip yurakda sodir bo`layotgan ijobiy va salbiy o`zgarishlar haqida tinimsiz ma`lumot berib turadi. Mik­rochip xavfsiz bo`lib, foydalanuvchida hech qanday noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi va uning xavfsizligiga olimlar 100 foiz kafolat berishmoqda.
Iyul oyining boshlaridan boshlab mazkur mikrochipni sun`iy yurak bilan birga bemorlarga qo`yish boshlanadi, deb aytishmoqda tadqiqot etakchilari.

    Boshqa yangiliklar