Isroillik ixtirochilar transport yo`llaridan ham elektr energiyasi olish mumkin, degan g`oyani ilgari surishmoqda...
Hozirda mavjud elektr energiyasini tabiiy yo`l bilan olish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilan bog`liq ko`plab g`oyalar ishlab chiqilmoqda, lekin mazkur loyiha arzon, sifatli va eng asosiysi xavfsizligi bilan boshqa shu kabi g`oyalardan ajralib turadi. Maxsus tashkil etilgan avtotransport yo`llaridan mashinalar harakatlanganda, bevosita bepul elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Mashinalar serqatnov yo`llarda esa bu imkoniyat yanada ko`payadi. Qanday qilib deysizmi?
Bu g`oyani amalga oshirish va hayotga tadbiq etish uchun Isroilda harakatlar boshlab yuborildi. Serqatnov yo`llar yuzasi 25 sm. qalinlikdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi asfalt bilan qoplanmoqda. Bu ixtiro haqida g`oya mualliflaridan biri Oren Ezer shunday deydi: — Bu g`oya bilan biz bepul va har tomonlama xavfsiz elektr energiyasini olishga intilmoqdamiz. G`oyamiz juda mukammal va maqsadli, deya olaman. Chunki mashinalar erga qaysidir ma`noda bosim bilan harakatlanadi. Ana shu bosim va er bilan ishqalanish natijasida maxsus qoplamada elektr energiyasi hosil bo`ladi, bu esa bepul elektr energiyasini ishlab chiqarish degani.
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bitta markazga to`planadi va uni iste`molchilarga tarqatiladi (aholiga, korxonalarga va boshqa...). Bu esa kelajakdagi elektr energiyasi bilan bog`liq muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.