24.11.2013 12:56
Toshkentda yangilangan Chevrolet Lacetti sotuvga chiqdi
22 noyabr kuni Toshkentning Driver`s Village dillerlik markazida ilk haridorga yangilangan Lacetti kalitlari topshirildi. Avtomobil tekshirilgan platformada va bir qator prinsipial farq va yangiliklarga ega, bu haqda "O`zavtosanoat" AK rasmiy sayti ma`lum qildi.
Yangilangan Lacetti dizayni ixcham va shu bilan birga ko`rkam. Kuzovning liniyalari avtomobilga zamonaviy ko`rinish bag`ishlaydi. Avtomobil faralari, yangi zamonaviy radiatorlik reshetkasi va old bamper hammasi yangi modelga ko`rkamlik bag`ishlaydi.
Yangi ichki tuzilish va chuqur o`ylangan ergonomika avtomobil haydovchisi uchun ham, yo`lovchi uchun ham qulay hisoblanadi. Haydovchi qulayligi uchun bel regulirovkasi, rul kolonkasini sozlash, yuk va benzobak avtomatik ravishda ochish imkoni yaratilgan.
Yangilangan Lacetti ishlab chiqaruvchilari orqa o`rindiqda o`tirdaginlarni ham e`tiborsiz qoldirishmagan va ularning qo`llari qulay turishi uchun tirsakqanot bilan ta`minlashgan.
Avtomobil General Motors Powertrain Uzbekistan'da ishlab chiqarilgan dvigatel bilan harakatlanadi – hajmi 1,5 litr bo`lgan yangi to`rtsilindrli motor, ishonchli zanjir GRM uzatma, 105 l.s. kuchga ega silindr boshida ikkita val taqsimlovchiga ega. Haridorning tanloviga ko`ra – 5 pog`onali mexanik yoki zamonaviy avtomat 6-pog`onali transmissiyalar mavjud. Dvigatel ekologik jihatdan jahon standartlariga mos keladi.