AsosiyHi-tech

KIPRIK QOQIB MANZARANI SURATGA OLISh MUMKIN

'KIPRIK QOQIB MANZARANI SURATGA  OLISh MUMKIN'ning rasmi

“Samsung” kompaniyasi displey va uch o`lchamli kameraga ega linzalarni ishlab chiqarish uchun patent oldi...

Mazkur linza yordamida siz shunchaki kiprik qoqib, istalgan manzarani suratga olishingiz mumkin. “Aqlli” linzalar boshqalaridan uncha farq qilmaydi. Farqi shuki, u ko`zda aks etgan tasvirni displeyga uzatadi.

Shuningdek, maxsus antenna yordamida linza suratga olingan tasvirlarni istalgan gadjetga, masalan, smartfonga uzatishi ham mumkin. Shuningdek, smartfon yordamida linzalarni turli dasturlarga sozlash mumkin.

    Boshqa yangiliklar