1

Xitoyda ko`zga ko`rinmas uchuvchisiz samolyot sinovdan o`tkazildi

Dunyo 25.11.2013, 12:28
Xitoyda ko`zga ko`rinmas uchuvchisiz samolyot sinovdan o`tkazildi
Xitoyda ko`zga tashlanmaydigan  «stels» radiolokasiya texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan va reaktiv dvigatel bilan jihozlangan ko`zga ko`rinmas uchuvchisiz
samolyot sinovdan muvaffaqiyatli o`tkazildi, deya xabar beradi Gonkong OAV.

“O`tkir qilich” kod nomini olgan ushbu uchar apparat 20 daqiqa davomida muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirdi. Apparat katta balandliklarda ko`zga ko`rinmagan holda yuqori echimli video- va fotosuratlarni olishga qodir. Tez orada bunday uchuvchisiz apparatlar seriyali tarzda ishlab chiqarilishi ko`zda tutilgan.

Qayd etib o`tamiz,oxirgi yillarda Xitoy g`arbga qaraganda ancha arzonroq bo`lgan uchuvchisiz
apparatlar ishlab chiqarishini shiddat bilan rivojlantirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1