25.11.2013 14:23
American Music Awards sovrindorlari ma`lum bo`ldi
Uning natijalariga ko`ra kantri-qo`shiqchi Teylor Svift American Music Awards mukofotining bir nechta nominasiyalarida g`olib bo`ldi. Laureatlarning to`liq ro`yhati bilan Billboard saytida tanishish mumkin.
Taqdirlash marosimida Svift bir yo`la to`rt mukofotni qo`lga kiritdi — «Yil artisti» va «Eng yaxshi ayol ijrochi», shuningdek 2012 yilda yaratilgan «Red» to`plami uchun «Eng yaxshi albom» va «Eng yaxshi kantri-albom» muallifiga aylandi.
Jastin Timberleyk ikkita nominasiyada g`olib bo`ldi, uni «Eng yaxshi erkak ijrochi», uning «The 20/20 Experience» albomini esa —soul/R’n’B toifasida eng yaxshi deb e`lon qilishdi. Shuningdek, ikkita nominasiyada («Eng yaxshi guruh» va «Eng yaxshi albom») «One Direction» guruhi g`olib bo`ldi. «Ikona» nominasiyasidagi mukofot Riannaga topshirildi. Ikkita xip-xop-nominasiyalarda mukofotni ("Eng yaxshi artist" va "Eng yaxshi albom") Macklemore & Ryan Lewis qo`lga kiritdi.
2012 yilgi American Music Awards marosimida «Yil artisti» deb Jastin Biber tan olingan edi.





