AsosiyHi-tech

“HP” KOMPANIYaSI TOMONIDAN ENG YuPQA NOUTBUK YaRATILDI

'“HP” KOMPANIYaSI TOMONIDAN ENG YuPQA NOUTBUK YaRATILDI'ning rasmi

“HP” kompaniyasi sayyoramizdagi eng yupqa noutbukni taqdim etdi...

13,3 dyuymli noutbukning korpusi alyuminiydan yasalgan bo`lib, qalinligi atigi 10,4 mm.ni tashkil qiladi. “Spectre 13” deb nomlangan mazkur devays 5 aprel kuni ommaga taqdim etildi, deb xabar beradi “The Verge”.
Mazkur ko`rsatkichlari bilan u “Apple MacBook” (13,2 mm.) hamda “Dell XPS 13” (15,2 mm.) singari noutbuklarni ham ortda qoldiradi.

“Spectre 13”ning og`irligi 1,1 kilogramm — “MacBook Air” (0,92 kilogramm) noutbukidan sal og`irroq. Biroq uning USB qabul qilish qurilmasi bir emas, uchta, shuningdek, prosessori ham ancha baquvvat. Undan 130 dollar arzonroqqa baholanadi. Ya`ni noutbuk 9,5 soat davomida mustaqil ishlashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar