25.11.2013 14:19
Yong`oqlar umrni 20%ga uzaytiradi
Olimlar ushbu faktga asos sifatida ikkita tadqiqotni olgan. Birinchisi, 122 ming nafar amerikalik hamshiralarning salomatligi va hayot tarziga tegishli bo`lsa, ikkinchisi, Amerika sog`liqni saqlash tizimida ishlovchi 51,5 ming nafar erkak uchun xuddi shu ma`lumotlarni o`z ichiga olgan.
Ma`lum bo`lishicha,yong`oqlarni kam iste`mol qilgan (kamida 30 grammdan haftasiga bir martadan kam) odamlarda, umuman yong`oq tanovul qilmaydigan odamlarga qaraganda, o`lim holati 7%ga past bo`lgan. Haftasiga bir marta yong`oq iste`mol qilgan kishilarda o`lim
holati 11%ga kamligi aniqlangan. Har kuni yong`oq tanovul qiladigan odamlarda ushbu ko`rsatkich 20%ni tashkil etgan. Yong`oqning turi o`lim holatlarining kamayishiga ta`sir ko`rsatmagan.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar ushbu mahsulotlarni iste`mol qilishning boshqa ijobiy tomonlarini ham aniqlashga muvaffaq bo`ldi. Kim ko`proq yong`oq esa, o`sha xushbichim bo`lgan,
sportga ko`proq vaqt ajratgan hamda ko`proq meva va sabzavotlarni iste`mol qilgan.
Umuman olganda esa, to`g`ri tanlangan parhez umrni sezilarli tarzda uzaytirishi va ayrim kasalliklar ehtimolini kamaytirishi mumkin. Xususan, diabet va insult kasalligining genetik xavfini baliq parhezi to`ldira oladi.