AsosiySavol-javob

HARBIY XIZMAT UChUN BOShQA HUDUDDAN RO`YHATDAN O`TISh MUMKINMI?

'HARBIY XIZMAT UChUN BOShQA HUDUDDAN RO`YHATDAN O`TISh MUMKINMI?'ning rasmi

HARBIY XIZMAT UChUN RO`YXATDAN BOShQA HUDUDDAN HAM O`TSA BO`LADIMI?

Mudofaa bo`limiga chaqirilgan 16 yoshli chaqiriluvchi faqat o`z tumanidan ro`yxatdan o`tish kerakmi yoki boshqa tumandan o`tsa ham bo`ladimi?

Furqat, Chinoz tumani

A.ShIRINOV, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig`i v.v.b:

— O`zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida"gi Qonuni 18-moddasining 2 xatboshisida "Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etilgan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro`yxatga olinayotganlarning turar joylarida o`tkaziladi", shuningdek ushbu moddani 3 xatboshisida "Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular o`n olti yoshga to`lgan yili yanvar-mart oylarida amalga oshiriladi" deb ko`rsatilgan.

Shunday ekan o`n olti yoshga to`lgan fuqaro faqat doimiy yashash uchun ro`yxatda turgan joyidan (hududdan) harbiy xizmatga chaqiriladi.

    Boshqa yangiliklar