AsosiyMadaniyat

​KREMLDA O`ZBEKISTONNING MADANIYaT KUNLARIGA START BERILDI

'​KREMLDA O`ZBEKISTONNING MADANIYaT KUNLARIGA START BERILDI'ning rasmi

12 sentyabr kuni Rossiyaning Kreml saroyida O`zbekistonning madaniyat kunlari ochildi. Tadbir ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarning 25 yilligiga bag`ishlanadi.

Tantanali marosimda RF madaniyat vaziri o`rinbosari Vladimir Aristarxov, O`zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev ishtirok etadi.

Kreml saroyining sahnasiga «O`zbekiston» va «Navbahor» ansambllari, «Maqom» xalq musiqa ansambli, «O`zbegim» guruhi, O`zbekiston yoshlar simfonik orkestri, Farruh Zokirov boshchiligidagi «Yalla» vokal-cholg`u ansambli chiqadi. O`zbekistonlik mashhur opera yakkaxonlari Mosart, Verdi, Puchchini operalaridan ariya ijro etishadi.

Bundan tashqari, O`zbekiston kunlari doirasida 13 sentyabr kuni Umumrossiya amaliy-dekorativ va xalq san`ati muzeyida “O`zbekiston madaniy me`rosi Rossiya Federasiyasi to`plamlarida” davra suxbati bo`lib o`tadi. Unda Ermitaj, Tretyakov Gallereyasi, Rossiya milliy kutubxonasi, Rossiya etnografiya muzeyi, RFA Sharq qo`lyozmalari instituti vakillari ishtirok etishadi.

Davra suxbati doirasida Rossiyaning etakchi muzey va kutubxonalariga “O`zbekiston madaniy me`rosi dunyo to`plamlarida” besh tomli nashrining taqdimoti o`tkaziladi. Bundan tashqari shu kuni muzeyda o`zbek san`at asarlari ko`rgazmasi ochiladi.

Madaniyat kunlari 14 sentyabr kuni o`zbekistonlik san`at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlanadi.

O`zbekiston kunlari doirasida o`tadigan tadbir tashkilotchilari Rossiya Federasiyasi madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, RFdagi O`zbekiston elchixonasi va O`zEOAVMA.

Boshqa yangiliklar