25.11.2013 16:04
AQShdagi muzli dovul 8 kishining hayotiga zomin bo`ldi
Bundan oldin besh nafar qurbon haqida xabar berilgandi. Odamlar avtomobilhalokatlarida (polisiyachilar yuzlab YTH haqida xabar bermoqda) hamda qulagan daraxtlar va konstruksiyalar ostida halok bo`layotir, deya xabar beradi “Associated Press”. Sinoptiklarning bu boradagi ma`lumotlari ham noxush bo`lib, ular ob-havo borgan sayin yomonlashishi haqida ma`lum qilmoqda. Hukumat odamlardan uyda qolishni so`ramoqda.
Eslatib o`tamiz, jumadan shanbaga o`tar kechasi AQShning g`arbiy qismi – Kaliforniya, Nevada, Arizona va Nyu-Meksiko shtatlari yomg`ir va do`lli arktika shamoli ostida qoldi. Hozir kuchli
siklon mamlakat ichkarisiga qarab harakatlanmoqda, u Texas shtatigacha etib bordi. Ba`zi joylarda shamol tezligi soatiga 80 kilometrdan oshadi.





