Biz ming yillar muqaddam Bobil malikasi Semiramida sharafiga qurilgan osma bog`lar haqida o`qiganmiz. Tinib-tinchimagan yaponlar undan ham alomatini o`ylab topishdi. Ular yaratadigan bog`lar nainki erdan tepada turadi, hatto parvoz qilishi ham mumkin.
Yaponcha usulda maxsus shaklga solingan bonsay-daraxtlar magnit maydonida havoda muallaq turishi, hatto harakatlanishi ham mumkin. Mazkur kashfiyot “Kickstarter” kraudfanding maydonchasida sinovdan o`tkazildi.
Shu tariqa yaponlarning daraxtlarni kichraytirilgan shaklga solish — bonsay san`ati yangi bosqichga ko`tarilmoqda.
Albatta havoda muallaq turgan bunday daraxtlarga ham o`ziga xos parvarish kerak bo`ladi. Mitti daraxtlar o`tkazilgan maxsus tuvaklar magnit asosdan bir necha metr balandlikda “suzib” yuradi. Buning uchun magnit asos ustidagi platforma ham siljishi kerak bo`ladi. Albatta uyingizda bunday ajoyib mo``jizani yuzaga keltirish sizga ancha qimmatga tushadi. Bunday bonsay daraxtlarning har birining bahosi 10 ming dollargacha boradi.






