25.11.2013 18:01
«Boing» dvigatellar muzlashi xavfi haqida ogohlantirdi
Boeing 747-8” va “787 Dreamliner” samolyotlari shular jumlasidandir.
Kompaniya vakillarining izohlashicha, «Jeneral Elektrik» kompaniyasining eng yangi
turboventilyatorli “GEnx” dvigatellari o`rantilgan samolyotlardagina muzlash xavfi bor. Bunday dvigatelli samolyotlar “United Airlines”, “Japan Airlines”, “Lufthansa” va “Air India” aviakompaniyalari tomonidan foydalaniladi.
Ko`ngilsiz voqealar xavfini kamaytirish uchun “Boing” kompaniyasi uchuvchilarga muz parchalari bo`lishi mumkin bo`lgan momaqaldiroqli frontlar yaqinida parvoz qilmaslikni tavsiya etadi.
Kompaniyadagilarning aytishicha, hozir “Jeneral Elektrik” kompaniyasi ushbu xavfni bartaraf etish ustida ishlamoqda.