Endi avvalgidek muzlatkichning ustiga surat yopishtirish, suratlarni qog`ozga chiqartirgani fotoatelega yugurish shart emas. Bu ishlar uchun allaqachon portativ printer ixtiro qilingan. U “LifePrint” deb nomlanadi.
“LifePrint” – videotasvirlar uchun maqbul printer sanaladi. Gap shundaki, fototasvirlarni uch o`lchamli shaklda chop etadi.
Siz u orqali o`z kompyuter, planshet yoki telefoningiz xotirasiga o`rnatilgan videorolikni maxsus matoga chiqartirib olasiz. Tasvirdagi siz yoqtirgan holatni “stop-kadr” qilib, muqovaga joylab berishi ham mumkin. Qurilma Instagram, Vine, Facebook, Twitterdagi sahifalardan ham videoroliklarni chop etib berishi mumkin.
“LifePrint” 10-15 ta fotosurat chop etish quvvatiga ega. Quvvati bir soatga etadi. iOS va Android qurilmalari uchun maxsus messenjer ham bo`lib, u videotasvirlarni do`st va tanishlarga yuborish imkonini beradi.