26.11.2013 10:39
Saudiyalik sigareta deb xotini bilan ajrashdi
Saudiyada chiqadigan “Okaz” gazetasining yozishicha, Jazan qirolligining janubiy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro rafiqasining sumkasida tasodifan sigareta ko`rib qoladi va xotinidan izoh talab etadi.
Ayol eriga chekmasligini va sigareta qanday qilib sumkasiga tushib qolganini bilmasligini
aytadi. Er bu oqlashlarni ishonarsiz deb hisoblab, shu zahotiyoq ajrashishi haqida e`lon qiladi.
Dunyoning eng konservativ mamlakatlaridan biri bo`lgan Saudiya Arabistoni ajralishlar soni bo`yicha etakchilardan biri hisoblanadi. 2012 yilda kirollikda 30 mingta ajrashish holati qayd etilgan. Qirollikdagi erkaklar nikohdan ajralishni qonuniylashtirish uchun uch marta “taloq” so`zini aytishining o`zi kifoya. Oxirgi yillarda mamlakatda sms-xabarlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ajralishlar urf bo`lmoqda.