“EnGoPLANET” kompaniyasi AQShning Las-Vegas shahri bilan hamkorlik qilib, shahar ko`chalari bo`ylab “Boulder Plaza” quyosh-kinetik ko`cha fonarlarini o`rnata boshladi...
Mazkur fonarlar tunda ko`chalarni yoritishi uchun kunduzi quyoshdan quvvat oladi. Shuningdek, piyodalar yo`lagida maxsus plitkalar o`rnatilgan bo`lib, unga piyodalar qadam bosishi bilan hosil bo`lgan energiya yoritqichlarni quvvat bilan ta`minlaydi.
Bu hududda har bir qadamga o`rtacha 7 Vt miqdorida energiya ajraladi va u yoritkichlarning maxsus akkumulyatorida to`planib turadi. Svetodiodli lampochkalar vaziyatga va ehtiyojga qarab yoritish rangini belgilaydi.
Bu fonarlarning har biri zarurat paytida ishlatiladigan harakat uzatkichlari bilan ta`minlangan. Shu bilan birga, bu uzatkichlar havoning sifati, yo`l monitoringi, videokuzatuv maqsadida ham ishlatiladi. Bu hali hammasi emas, har bir fonar oldida maxsus ayvoncha bo`lib, bu erda sizsiz quvvatlantirish qurilmasi hamda Wi-Figa ulanish mumkin.