AsosiyHi-tech

UY VA SAYR UChUN YoRITKICh-ARQON

'UY VA SAYR UChUN YoRITKICh-ARQON'ning rasmi
Tabiat qo`yniga sayrga otlangan paytingizda qorong`i tushib qolsa, nima qilasiz? Yoningizda fonar olib chiqqan bo`lsangiz-ku, xo`p-xo`p, aks holda, dahshatli filmlarda ko`rganlaringiz ko`z oldingizdan ketmay qoladi. Endi bu noqulaylikka o`rin qolmadi. “Aqlli yorug`lik” texnologiyasi endi bunday muammoni osongina hal etadi. Luminoodle, bu — uy va sayr uchun yoritkich-arqon sanaladi. U ayni paytda tobora ommalashayotgan smart-texnolo-giyalarning eng yorqin vakilidir.

Liminoodle yoritkichlari hali savdoga chiqib ulgurgani yo`q. U aslida yuza qismi diod lampalar bilan ta`minlangan diodli lampochkalardir. Undan uyin­gizda o`tadigan tadbirlar paytida ham foydalana olasiz. Uni masofaviy boshqarish pulti yordamida boshqarishingiz mumkin.

Liminoodle sohibi masofadan turib, chiroqlar rangi va yorqinligini o`zgartirishi mumkin. Yoritkichni USB-qurilmasi yordamida quvvatlantirasiz. Agar batareyaning quvvati to`la bo`lsa, u ikki soatga etadi. Agar uning xizmatidan tejamkorlik bilan foydalansangiz, 10 soatga ham etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar