Yaqinda “LG” kompaniyasi maishiy texnikalar taqdimotida antiqa uskunalarni namoyish qildi. Ular orasida gapiruvchi kondisioner ham bor...
Ha, yangi ishlab chiqarilayotgan Smart Inverter IONIZER “aqlli” kondisionerlari ana shunday xususiyatga ega. U havoni hech qanday shovqin chiqarmasdan o`ta samarali isitadi va sovutadi.
Modelning Ionizer Plus ionizatori havoni kompleks tarzda tozalaydi. Eng asosiysi, siz uni ovoz bilan boshqara olasiz. Ayni paytda u bir qancha tillar, jumladan, ruschani ham “tushunadi”. Kelgusida o`zbekchani “qotiradigan”lari ham chiqib qolsa, ajabmas.






