“LG” kompaniyasi maishiy texnikalar taqdimotida antiqa kam quvvat sarflaydigan muzlatkichni namoyish qildi...
Mazkur yangi avlod muzlatkichlarida LG Total No Frost texnologiyalari ishlatiladi. U mahsulotlarning muzlab qolishi, sovuq harorat oqimi, kondensatlar tarkibi haqida oldindan xabar berib turadi. Ularning ichida ikkita harorat rejimi ishlaydi: birinchisi go`sht, baliq va pishloq mahsulotlari uchun, ikkinchisi esa meva va sabzavotlar uchun.
Siz ushbu muzlatkichlarning tillarang, qora, oq, kumush va po`lat rangdagilarini tanlashingiz mumkin.






