AsosiySavol-javob

NEGA ​“OMAD LOTTO”DA 8 YILDAN BUYoN YuTUQ ChIQMAYDI?

'NEGA ​“OMAD LOTTO”DA 8 YILDAN BUYoN YuTUQ ChIQMAYDI?'ning rasmi

“OMAD LOTTO” O`YNAB, GUGURT PULINI HAM YuTIB OLOMAYaPMAN”

8 yildan beri “Omad lotto” lotereyasini o`ynayman. Shu paytga qadar bir dona gugurtni pulini ham yutib olganim yo`q. Bu lotereyaning xolis o`ynalayotganiga shubham bor.

B.Nizomov, Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumani

N.ABBOSOV, O`zbekiston Respublikasi AT Xalq banki raisi o`rinbosari v.v.b:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Lotereyalar tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risida"gi Nizomda Lotereya - yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag`larini ixtiyoriylik asosida o`yin biletlarini tarqatish yo`li bilan jalb qilishni nazarda tutuvchi tavakkalchilikka asoslangan o`yin ekanligi ta`kidlangan.

Shuningdek, Xalq banki tomonidan tashkil etilgan «Omad Lotto» sonli, tirajli lotereyasi «36 dan 5» o`yini yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan "Lotereyalar tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risida"gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilib, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Bundan tashqari, mazkur o`yinning yutuqlar tirajlari inson omili ishtirokisiz lototronlardan foydalanilgan holda, Moliya vazirligi vakili raisligida bank xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat hay`at a`zolari ishtirokida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining maxsus studiyasida to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.

Agar fuqaro AT Xalq banki tomonidan tashkil etiladigan «Omad Lotto» lotereyasi «36 dan 5» o`yinini o`tkazilishi yuzasidan shubhalanayotgan bo`lsa, mazkur lotereya o`yinlarining birida ishtirok etib, yutuqlar tirajini o`tkazish jarayonining bevosita guvohi bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar