AsosiyHi-tech

BARChA TILLARDAN TARJIMA QILUVChI MOSLAMA

'BARChA TILLARDAN TARJIMA QILUVChI MOSLAMA'ning rasmi

Dunyoda odamlar o`rtasiga chegara soluvchi emas, aksincha ularni birlashtiruvchi yangi texnolo-giyalarning paydo bo`lishi juda soz ish. Masalan, turli tillarda so`zlashuvchi suhbatdoshlarning nutqini bir zumda tarjima qiluvchi quloqchinlar...

Bejizga zarurat — kashfiyotlar onasidir, deyilmaydi. Bir kuni Indiegogo kompaniyasining asoschisi Endryu Ochoa ingliz tilida so`zlay olmaydigan fransuz qizni uchratadi. Aynan mana shu sururli uchrashuv sharofati bilan Pilot portativ quloqchini yaratildi. Moslama quyidagicha ishlaydi: agar suhbatdoshingiz sizga fransuz tilida so`zlasa, quloqchinda uning jumlalarini ona tilingizda, masalan, ingliz tilida eshitasiz.

Suhbatdoshingiz esa, o`z navbatida gap-laringizni fransuz tilida eshitadi.
Pilot tarjimoni ikkita quloqchin (ikki suhbatdosh uchun), portativ quv-vatlantiruvchi moslama va smartfon uchun ilovadan tashkil topgan. Hozirgi kunda fransuz, ispan, italyan va ing-liz tilidan tarjima qiluvchi versiya-lari mavjud.

Kelajakda kompaniya slavyan va Sharqiy Osiyo tillarini qo`shishni ko`zlamoqda. Quloqchinlar yordamida katta davrada ham so`zlashish mumkin. Hatto suhbatdoshlar turli tillarda gapirishsa ham, ularning har biri sherigining jumlalarini o`z ona tilida eshitadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar