Agar farzandingizning brauzerini
tekshirib, nomaqbul havolalarni topayotgan bo`lsangiz, u holda bizda siz uchun yaxshigina
yangilik bor...
“Gugl”ga o`xshash “Kiddl” nomli yangi qidiruv portali ishga tushdi. “Kiddl”ning barcha funksiyalari bolalarga moslashgan. Masalan, odatdagi oq fon o`rniga robot tasvirlangan kosmik mavzu aks etgan.
Ilk uch saytni uzatish bolalarga mo`ljallangan, qolgani esa katta odamning intellektiga moslashgan bo`lishiga qaramay, nojo`ya ta`sirlardan xolidir. Dasturni sinovdan o`tkazish maqsadida haqorat so`zlarni ishlatganimizda, “Kiddl” o`zini egasini qo`riqlayotgan sodiq it kabi namoyon bo`ldi. Ekranda haqorat so`zlarni yoqtirmagan, g`azablangan robot paydo bo`ldi.
Bu qidiruv portali odatdagidan ko`ra ijobiy imkoniyatlarga egadir. Masalan, farzandingiz biror mashhur odam haqida bilishni xohladi, siz esa bolangiz uning tar-jimai holidan qisman xabardor bo`lishini istadingiz, “Kiddl” zudlik bilan uning faqatgina bolalar o`qishi mumkin bo`lgan qismi bilan tanishtiradi.
“Kiddl” bolalarga nima zarur bo`lsa, shuni topib berib, ota-onalarni ba`zi bir xavotirlardan qutqaradi. Albatta, bolani hamma narsadan chegaralash qiyin masala, biroq qo`limizdan kelgancha tarbiyasiga putur etkazmaslikka harakat qilishimiz lozim.






