AsosiyHi-tech

ENDI TIShLARGA PLOMBA KERAK BO`LMAYDI!

'ENDI TIShLARGA PLOMBA KERAK BO`LMAYDI!'ning rasmi

Shaxsiy gigiena sohasida yaponiyalik olim Kazue Yamagashi inqilobiy kashfiyot qildi. U yaratgan tish pastasi yordamida tez va og`riqsiz ravishda tishdagi yoriqlar, teshiklarni bekitish, shu bilan birga tish emal qatlamini tiklash mumkin. Uning tarkibi tish emal qavatini eslatadi, uni yoriq joylarga surtib qo`ysangiz, bas.

Bu material tadqiqotlar yordamida tishning asosiy tarkibiy qismlaridan bo`lgan — gidroksil-apatitdan olingan.
Avvaliga vositadagi kislota yorilgan tishning emal qavatini eritadi. Uch daqiqadan keyin kristallga aylanib, sun`iy material mahkam o`rnashib, tabiiy emalni hosil qiladi.

Bundan tashqari u eng yaxshi antibakterial vosita hamdir. Yapon stomatologlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar bunday tish pastasi yordamida davolangan tishlar sog`lom ko`rinishga ega bo`lishini aniqladi. Ularning farqini hatto mikroskop yordamida ham aniqlab bo`lmadi.

    Boshqa yangiliklar