AsosiyShou-biznes

Xonanda Beyonseni Misr ehromlariga qo`yishmadi

Qohiraga xususiy tashrif bilan kelgan mashhur xonanda Beyonseni Gizadagi Buyuk ehromlarlarga qo`yishmadi.

“Egypt Independent” nashrining yozishicha, ekskursiyaning rad etilishigauning qabul qiluvchi tomonga nisbatan qo`polligi va hurmatsizligi sababchi bo`lgan.

Gizadagi muzey majmuasini boshqarayotgan, Misrning qadimgi osori-atiqalar bo`yicha sobiq vaziri Zaxi Havasning so`zlariga ko`ra, xonanda uchun shaxsiy ekskursiya tayyorlangan. “U soat uchga etib kelishini aytgandi, biroq ancha kechroq keldi va hatto uzr ham so`ramadi”, - deydi u. 
Havasning aytishicha, u xonandadan kechikkani uchun uzr keltirishini so`ragan, ammo “u hatto og`zini ham ochmadi”. Sobiq vazir Beyonse tan soqchisi va suratkashi hamrohligidan kelganini
qayd etadi. “Bizda o`zimizning suratkash bor edi, u protokol bo`yicha suratga olish ishlarini olib borardi, ammo uni xonandaning tan soqchisi to`xtatib, har qanday suratga olish ishlari faqat uning ruxsati bilangina amalga oshirilishini bildirdi”.

"Men Beyonsega u qo`pol va tarbiyasiz ekanini va shu bois uni ehromlarda ko`rishni istamasliklarini aytdim”, - deydi Havas.

Bu Havas tomonidan Misrning tarixiy merosiga yaqinlashish taqiqlangan birinchi holat emas. U o`z vaqtida “Bi-Bi-Si” telekanali uchun Shohlar vodiysida hujjatli film tayyorlayotgan misrshunos tadqiqotchi Joann Fletcherni ham “qoida bo`yicha o`ynamagani” uchun
mamlakatdan quvgan edi.  

    Boshqa yangiliklar