AsosiyHi-tech

ENDI OG`IR JOMADON SUDRAShINGIZ ShART EMAS...

'ENDI OG`IR JOMADON SUDRAShINGIZ ShART EMAS...'ning rasmi

Samolyotda uchish, qo`nish, poezdda yo`l yurish har qanday sayyohni charchatishi bor gap. Bundan tashqari kerakli buyumlar, kiyimlar solingan og`ir, beso`naqay jomadonni (ba`zan ikkitani) vokzalda, aeroportda g`ildiratib, ortimizdan sudrashga majbur bo`lamiz. Yaqin kunlarda bu azoblarimiz ortda qoladiganga o`xshaydi...

Ikki yosh ixtirochi Kevin O’Konnel va Boyd Bruner “Modobeg” (Modobag) nomli jomadonni yaratdi. Endi siz ularni emas, balki ular sizni kerakli manzilga eltib qo`yadi.
Bu moped va jomadonning umumlashmasi bo`lgan vosita soatiga 12 kilometr tezlikda, osonlik bilan boshqarilib, bir zumda egasi turgan ro`yxatdan o`tish bo`limining yoniga yoki taksilar turadigan avtoturargohga etib boradi. Jomadon, aksariyat hollarda aeroportda quvvati tugab qoladigan telefonni quvvatlantirish mumkin bo`lgan USB porti, doi­mo aeroportda yukini yo`qotib yuradiganlar uchun GPS datchigi bilan jihozlangan.

Bunday jomadonning ixtiro qilinishi, umrining asosiy qismi safarlarda o`tadigan odamlar uchun bir qancha qulayliklarni yaratadi.
Ushbu jomadon nafaqat qulay, balki u taksi pulini tejab, aeroportdan mehmonxonagacha bo`lgan yo`lni o`zi bosib o`tadi. Modobag ning elektron motori uzluksiz 10 kilometrni bosib o`tishga va 10 dona telefonni quvvatlantirishga mo`ljallangan.

Rulni ishlatish zarur bo`lmasa, uni bekitib qo`yish mumkin. Mo``jiza jomadonning mo``jazgina o`rindig`i va maxsus oyoq qo`yadigan joyi bor. Ikki yonida esa noutbuk va boshqa texnika jihozlarini himoya qilish va solib qo`yish uchun qattiq cho`ntaklari mavjud. Uning og`irligi 8,5 kilogramm bo`lib, osongina yig`iladi.
Jomadon bir qancha qiyin sinovlardan o`tkazildi va nima uchun bu narsa ilgari hech kimning xayoliga kelmagan, degan xulosaga kelindi.

    Boshqa yangiliklar