Endi u velosipedchiga e`tiborni to`liq transport vositasini boshqarishga qaratishni taklif etadi. Uning harakat kuchini esa elektr motori boshqaradi.
Bundan tashqari, velosiped an`anaviy o`rindiq o`rniga maxsus osma tizim bilan jihozlangan bo`lib, u odamga er ustida uchish imkonini beradi.
Ushbu fakt konstruktorlarni velosipedning barcha elementlarini yuqoriga ko`chirish, pastda esa faqat g`ildiraklarni qoldirishga majbur etdi. Harakat paytida “uchuvchi” er ustidan faqat bir necha santimetr balandlikda bo`ladi va o`zini deyarli parvoz qilayotganday sezadi.
“StreetFlyer”ning 750 vattli dvigateli soatiga 13 km tezlikni rivojlantirish va vazni 82
kg gacha bo`lgan odamni transportirovka qilish imkonini beradi. Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, velosiped konstruksiyasi tezlikni soatiga kamida 20 km darajasida bera oladi, kelgusida esa ishlab chiqaruvchilar ushbu ko`rsatkichni soatiga 40 km gacha oshirishni va`da qilmoqda.
Shunga qaramasdan,hozirning o`zidayoq "StreetFlyer” 2 foizli ko`tarilishni engishga qodir, jiddiyroq cho`qqilarni zabt etish uchun esa ishlab chiqaruvchilar hozir uzatish qutisi ustida
ishlamoqda. U velosipedning keyingi modifikasiyasida paydo bo`lishi mumkin.