AsosiySavol-javob

1 KVADRAT METR ERNING SOLIG`I QANChA?

'1 KVADRAT METR ERNING SOLIG`I QANChA?'ning rasmi
  • ShAHARDA ERNING SOLIQ MIQDORI QANChA? Shaharda 1 kvadrat metr erga qancha soliq to`lanadi? Rahmon Abdullaev, Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, Forish ko`chasi Erkin GADOEV, O`zbekiston Respublikasi Soliq qo`mitasi rais o`rinbosari: — O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27-moddasiga asosan, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning stavkalari, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo`lmasa, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27dekabrdagi "O`zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida"gi PQ-2699-sonli qarorining 20-ilovasi bilan 2017 yil uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig`ining stavkalari tasdiqlangan. Unga muvofik, Jizzax shahrida yuridik shaxslardan undiriladigan er solig`i stavkasi 1 ga uchun 14 646 583 so`mni, yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan erlar uchun fuqarolardan undiriladigan er solig`ining bazaviy stavkasi 1 kvadrat metr uchun 134,2 so`mni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar