ER-XOTIN BIRGA VASIYaT QOLDIRIShI MUMKINMI?

Savol-javob 18.09.2017, 14:35
ER-XOTIN BIRGA VASIYaT QOLDIRIShI MUMKINMI?

VASIYaTNOMANI BIRGALIKDA QOLDIRISh MUMKINMI?

Aytingchi, bir hovlida yashaydigan keksa chol-kampirlar vasiyatnomani birgalikda qoldirishlari mumkinmi?

Sabohat U., Toshkent shahri Qorasaroy dahasi

Farruxjon Fayziev, huquqshunos:

— O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 15 mayda 2231-son bilan ro`yxatga olingan “Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnomaning 14-bandiga binoan, tasdiqlanayotgan vasiyatnoma bir kishining nomidan tuzilishi kerak. Bir necha kishining (er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar va boshqalar) nomidan tuzilgan vasiyatnomalar tasdiqlanishi mumkin emas. Homiyning o`z homiyligidagi shaxs nomidan, shuningdek, ishonchnoma asosida vasiyatnomani tasdiqlashga yo`l qo`yilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1