AsosiySUG'DIYONA

Shohrux XON so`z sizga

'Shohrux XON so`z sizga'ning rasmi

Bollivud qiroli, hind aktyori, prodyuseri, boshlovchisi, eng yaxshi erkak roli uchun «Filmfare Award» mukofotini qo`lga kiritish bo`yicha rekordsmen, Fransiyaning San`at va Adabiyot ordeni sovrindori, Shohrux Xon 1965 yilda Hindistonda tug`ilgan. U 1988 yildan boshlab to shu kunga qadar 30dan ortiq filmlarda esda qolarli rollarni ijro etib kelmoqda.

1. «Ayol va bolalarga qo`l ko`targanimdan ko`ra o`lganim afzal».

2. «Men tan olingan bo`lishni yoqtiraman, meni sevuvchi insonlarni sevaman. Odamlar meni ko`rganlarida baqirib olqishlashlarini juda yoqtiraman. Bir kun kelib bular yo`q bo`ladi, ammo men bu haqda o`ylagim ham yo`q”.

3. «Negativ inson bo`lmang, aks holda hamma negativ yuzingizga uradi, natijada ajinlar paydo bo`ladi».

4. «Menda Napaleondan bir parcha bo`lsa edi. Qancha urinsam ham Maxatma Gandi va Tereza Ona kabi bo`la olmayman».

5. «Hech qanday muammo qo`rqinchli emas, agar sizni uyda sizni yaєinlaringiz kutishayotgan bo`lsa».

6. «Insonlar haqida yaxshi narsalarni o`ylay olmasangiz, unda ular haqida yomon fikrlarga ham bormang».

7. «Men ayolimga uylanish oldidan uning ko`nglini olish maqsadida kichik-kichik sovg`alar xarid qilardim. Shulardan biri sochni jingalak qiluvchi ploykadir. Bir do`konda ayollarning uni maqtashyotganini eshitib darrov sotib olganman. To`ydan keyin bilsam u ishlamagan ekan».

8. «Ba`zida rafiєam boshqa joyda bo`lganida usiz hech narsa yo`qligini his qilaman. Hech qanday hayot, hech qanday uy, hech qanday baxt Gaurisiz yo`q. U mening kuch manbaim, madadim. Men u va bolalarim yonimda ekanligidan juda baxtiyorman! Bu juda ajoyib va buning hammasiga Gauri sababchi».

9. «Men hech qachon uyga kelganimda charchadim, demayman. Charchasam, faqat o`z ishimdan charchayman. Ayolim, men yoqtirgan ish bilan shug`ullanishga shunchalik ko`p erkinlik berib qo`ygan ekan, nega men unga charchaganimni ko`rsatishim kerak. Ularga iloji boricha ko`proq vaqt ajratishga harakat qilaman».

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar