AsosiyHi-tech
5857

4 mlrd yil oldin Mars qanday ko`rinshda edi? (VIDEO)

So`nggi paytlarda Mars sayyorasi haqidagi ma`lumotlar kosmos ishqibozlari uchun eng qiziqarli mavzulardan biriga aylandi.

Hozir Qizil sayyorada ishlayotgan Suriosity apparati Erga muntazam ravishda ushbu sayyoraning evolyusiyasiga doir yangi materiallarni jo`natmoqda. Ushbu ma`lumotlar asosida NASA original videorolikni suratga oldi. Unda oxirgi 4 mlrd yil ichida Marsda yuz bergan evolyusiya jarayonlari, ya`ni oldingi iliq Mars davri tugagan paytdan keyingi davr namoyish etilgan.

Videoda Qizil sayyora o`z hayotining ibtidosida olimlarning fikricha qanday bo`lgani ko`rsatilgan. Marsda atmosfera, dengiz va okeanlar bo`lgan va u juda Erga o`xshagan. O`tmishda
sayyorada yirik suv havzalari bo`lganiga kraterlarning ichki holati ham ishora
qiladi.

Tadqiqotlar Marsda suv 3,7 mlrd yil oldin ham, ya`ni sayyorada etarlichazich atmosfera va, demak, iliq iqlim bo`lgan paytda mavjud bo`lganini ko`rsatmoqda. Shu bilan birga, bu vaqt ichida Marsda hayot shakllangan yoki shakllanmagani noma`lum bo`lib qolmoqda. Bundan tashqari, Marsni rohatbaxsh sayyoradan jonsiz sharga aylantirgan o`zgarishlarning aniq sabablari ham hozircha noaniq. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar