AsosiyHi-tech

ROBOT-MURABBIY

'ROBOT-MURABBIY'ning rasmi

Agar siz stol tennisi bilan shug`ullanmoqchi (o`rganmoqchi) bo`lsangiz-u, o`zingizga raqib (murabbiy) topolmasangiz, aslo xafa bo`lmang. Bunda sizga kunchiqar yurt ixtirochilarining yangi kashfiyoti yordam beradi...

"Forpheus" nomli temirtan stol tennisi bo`yicha inson bilan bemalol raqobatlashadi va unga murabbiylik qiladi. Robot ping-pong stoliga mahkamlangan ikkita ustunga o`rnatilgan. U soniyasiga 80 ta kadr olishga qodir bo`lgan kameralar bilan jihozlangan. Kameralar to`pning harakat traektoriyasini aniqlaydi va androidga mahkamlangan raketkani unga yo`naltiradi.

"Forpheus" qaytarishga oson bo`lgan zarbalar beradi hamda to`p traektoriyasi va uning qo`nish nuqtasini stolning o`zida hisoblab chiqadi. Bundan tashqari, ushbu robot odamga moslashishi va undan o`rganishga ham qodir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar