AsosiySUG'DIYONA

TOVUQ GO`ShTIDAN TAOM

'TOVUQ GO`ShTIDAN TAOM'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 4 ta tovuqning son go`shti, 300 ml qaymoqli yogurt, 2 ta sarimsoq piyoz bo`lagi, 1 ta piyoz, 1 choy qoshiq zanjabil (imbir) kukuni, yarim choy qoshiq qizil qalampir kukuni, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, zira, tuz, kashnich urug`i.

Tayyorlanishi: 1). Qizigan tovaga zaytun yog`idan solib, mayda to`rtburchak shaklida to`g`ralgan piyozni qovuring. Ustidan zira, qalampir kukuni, qirg`ichdan chiqarilgan sarimsoq piyoz qo`shib, qovurishda davom eting. 10 daqiqadan so`ng olovdan oling.

2). Piyozli aralashma biroz sovigach, yogurt qo`shib, tuz namagini rostlang. Kashnich urug`ini xovonchada maydalab, sousga qo`shing.

3). Tovuqning son go`shtiga tayyor aralashmani surtib, ustini selofan paket bilan o`rang va 2 soat muzlatgichda saqlang. So`ng gaz pechi patnisiga terib, 190 daraja haroratda 40-45 daqiqa davomida pishiring. Tayyor bo`lgach, qovurilgan kartoshka yoki dimlangan guruch garniri bilan dasturxonga tortish mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 2,5 soat.

Manba: "SUG‘DIYONA" gazetasi

Boshqa yangiliklar