1

BOQUVChISI YO`Q PENSIONERLARGA SOLIQDA IMTIYoZ BORMI?

Savol-javob 19.09.2017, 16:13
BOQUVChISI YO`Q PENSIONERLARGA SOLIQDA IMTIYoZ BORMI?

BOQUVChISI YO`Q PENSIONERLARGA MOL-MULK SOLIG`IDA IMTIYoZ BORMI?

Yoshim 78 da, o`zim ham kampirim ham nafaqada, boquvchimiz yo`q. Bizlarga joy mol-mulk solig`idan imtiyoz bormi?

Qalandar Matyoqubov, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Beruniy tumani

E.GADOEV, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi rais o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275-moddasiga asosan, pensionerlarning mulkida bo`lgan mol-mulkning qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o`lchami doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

Bunda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-son qarorining 19-ilovasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozlarni qo`llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1