28.11.2013 10:33
Latviya bosh vaziri Rigadagi fojia tufayli iste`fo berdi
Respublika prezidenti Andris Berzinsh bilan uchrashuvdan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida bosh vazir o`zining qarori Zolitudadagi Maxima savdo markazining qulashi bilan
bog`liqligini tushuntirdi.
"Menimcha,bunday vaziyatda parlament ko`pchiligining qo`llab-quvvatlashi va yangi ishonch mandatiga ega bo`lgan yangi hukumat zarur", - deydi Dombrovskis.
Bundan tashqari, bosh vazir Latviya aholisiga qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, o`ziga yuklangan majburiyatni tegishli tarzda eplay olmagani uchun uzr so`radi.
Eslatib o`tamiz, “Maksima” savdo markazining tomi qulab tushishi natijasida 54 kishi halok bo`lgan va 29 kishi jarohatlangan edi. Hozir Latviya polisiyasi tergov ishlarini olib
bormoqda, jinoiy ish qo`zg`atilgan.
Shu o`rinda, DombrovskisLatviya siyosatida anchadan buyon faoliyat ko`rsatib kelayotganini qayd etish joiz. U mamlakat bosh vaziri lavozimida o`z o`tmishdoshlaridan uzoqroq ishladi. Latviya hukumatidagi boshqa siyosatchilar ham iste`foga chiqishi ehtimoli bor.