AsosiySUG'DIYONA

OLXO`RI — REVMATIZMNI DAVOLAYDI!

'OLXO`RI  — REVMATIZMNI DAVOLAYDI!'ning rasmi

Kuz kirishi bilan bozor rastalari olxo`ri mevasi bilan to`lib toshadi. Ushbu mevaning tarkibi foliy kislotasi, V guruh vitaminlari, E vitamini, kaliy, temir, yod, miss va rux mineral moddalariga boy. U kapillyar tomirlarni mustahkamlovchi, sklerozga qarshi ta`sirga ega.

Mevaning quritilgan yoki tozasi, shuningdek, undan tayyorlaggan kompotlar ichni yumshatuvchi ta`sirga ega. Shuning uchun qabziyatda va ichaklar atoniyasida tavsiya qilinadi. Ateroskleroz kasaliga chalingan bemorlarning holatini yaxshilaydi. Chunki u organizmdan xolesterin moddasini haydaydi. Qon bosimining ko`tarilishi va buyrak xastaligiga chalingan bemorlar ko`proq olxo`ri eyishlari lozim. U tanada yig`ilgan ortiqcha suyuqlik va tuzni haydaydi. Olxo`ri barglarida kumarin moddasi mavjud. U qonda tromblar hosil bo`lishining oldini olib, trombozni davolaydi, shuningdek, tinchlantiruvchi ta`sirga ega. Olxo`rining bargini 1 stakan qaynagan suvda damlab, 15 daqiqa qaynating, so`ngra sovitib kuniga yarim stakandan 3 mahal iching. Xalq tabobatida olxo`ri revmatizm (bod), modda almashinuvi (podagra) kasalliklarini davolashda qo`llaniladi. Bargidan damlangan damlama esa yaralarning bitishiga yordam beradi. Shuningdek, olxo`ri daraxtidagi elim yaralarni, kon`yunktivitni davolab, ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Mumkin emas: emizikli onalar olxo`ri eyishdan ehtiyot bo`lishlari lozim, chunki u bolaning qornini og`ritishi mumkin. Shuningdek, yosh bolalarga ko`p olxo`ri berish ichning yumshashiga olib keladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar