"NAO" kompaniyasining ommabop robotlari yaqin kelajakda tug`ruqxonalarda katta hamshiralarning o`rnini egallashi mumkin. Ular o`quv kurslarini o`tab bo`lgach, tug`ruqxonadagi kichik ishlarni mustaqil bajaradi. Ayni vaqtda robotlardan ayrim jarrohlik amaliyotlarida muntazam foydalanilmoqda. Biroq mutaxassislar robotlarning tibbiyotda bundan-da ko`proq samara keltirishiga ishonishmoqda.
Robotlarni o`qitish loyihasi boshlig`i Juli Shoxning ma`lum qilishicha, katta hamshiralar aksar hollarda og`ir yumushlarni bajarishlariga to`g`ri keladi. Agar inson bir vaqtning o`zida turli yumushlarni bajarsa, u tezda toliqadi va natijada xatolarga yo`l qo`ya boshlaydi.
Robotlar ustida olib borilgan tahlillardan so`ng ular AQShdagi tibbiyot markazlaridan birida sinovdan o`tkazildi. E`tiborlisi, "NAO" robotlari tomonidan qabul qilingan 90 foiz qarorlar vrachlar va hamshiralarni xursand qilgan.





