FIFA reytingi. O`zbekiston 13 o`rin pastladi

Sport 28.11.2013, 16:33
FIFA reytingi. O`zbekiston 13 o`rin pastladi
Bugun FIFA tomonidan milliy terma jamoalarning o`tgan oy uchun reytingi ma`lum qilindi.

Unga ko`ra O`zbekiston milliy terma jamoasi ancha pastga tushib ketgan.

O`tgan oy O`zbekiston FIFA reytingida 55-o`rinni egallab turgandi. Ammo o`tgan vaqt ichida terma jamoamiz jiddiy raqiblarga qarshi maydonga tushmagani sababli 68-o`ringa tushib qolgan. Vetnam va Gonkong terma jamoalarining reytingdagi o`rni ancha past bo`lgani sababli, ularga qarshi o`tkazilgan o`yinlardagi g`alaba etarlicha ochko keltirmagan.

Shu tariqa O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyoda Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliyadan so`ng beshinchi o`ringa tushib qoldi. Shuningdek oxirgi vaqtlarda qit`ada etakchilik qilib kelgan Yaponiya terma jamoasi nihoyat o`z o`rnini Eronga bo`shatib berganini alohida aytib o`tish lozim. Eron terma jamoasi 650 ochko bilan 45-o`rinda ketayotgan bo`lsa, Yaponiya 638 ochko bilan 48-pog`onani egallagan.

Dunyo reyting jadvalini esa 1507 ochko bilan Ispaniya boshqarib bormoqda. Ikkinchi o`rin Germaniyaga tekkan bo`lsa, uchinchi pog`onani Argentina terma jamoasi egallagan.

Reyting bilan tanishing:

1Ispaniya 1507
2 Germaniya 1318
3 Argentina 1251
4 Kolumbiya 1200
5 Potugaliya 1172
6 Urugvay 1132
7 Italiya 1120
8 Shveysariya 1113
9 Gollandiya 1106
10 Braziliya 1102
11 Belgiya 1098
12 Gresiya 1055
13 Angliya 1041
18 Ukraina 907
19 Fransiya 893
20 Meksika 892
22 Rossiya 870
45 Eron 650
48 Yaponiya 638
54 Janubiy Koreya 577
68 O`ZBEKISTON 526
70 Iordaniya 511
71 BAA 508
93 Xitoy 376
99 Saudiya Arabistoni 352
103 Qatar 320
106 Quvayt 310
109 Iroq 299

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1