AsosiyDunyo

Britaniya Evropa Ittifoqi mamlakatlarini yopishni taklif etmoqda

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron EIning asosiy tamoyillaridan biri bo`lgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari ichida erkin harakatlanishga cheklovlar joriy etishni taklif etmoqda.  

“Financial Times” gazetasida chop etilgan maqolada Kemeron ushbu tamoyil Evropa mamlakatlari aholisining ommaviy migrasiyasiga turtki bo`lganini ta`kidlaydi va yangi bitim bo`yicha muzokaralar vaqti etib kelganini aytadi.

Britaniya bosh vazirining so`zlariga ko`ra, “agar Evropa Ittifoqi odamlarning ishonchini
qaytarishni istasa”, unda o`zgarishlarni amalga oshirish zarur.

Kemeron britaniyaliklar 2014 yil yanvaridan boshlab mamlakatga Ruminiya va Bolgariya fuqarolarining ehtimoliy yopirilib kelishidan chuqur tashvishda ekanini qayd etadi. Kelasi yil boshida ushbu mamlakatlar uchun cheklovlar olib tashlanadi. 

Uning aytishicha, bundan buyon Britaniya xorijlik muhojirlarning nafaqa va imtiyozlar olish huquqini cheklaydi. Ko`chada tunaydigan yoki tilanchilik bilan shug`ullanadiganlar esa mamlakatdan chiqarib yuboriladi. 

    Boshqa yangiliklar