Ozishni istasang, ertalab nonushta qilma!
Noto`g`ri! Aynan ertalabki nonushta organizmning kunlik quvvati uchun juda muhimdir. Shunisi ham borki, ertalab nonushta qilmaydiganlarda ichak tizimi bilan bog`liq muammolar yuzaga kelib, keyinchalik qabziyatga sabab bo`ladi.
Jismoniy mashqdan so`ng tamaddi mumkin emas!
To`g`ri! Tana vaznini jismoniy harakat yordamida kamaytirishni istaganlar mashg`ulotdan bir soat avval va bir soat keyin tamaddi qilishlari kerak.
“Press” qilsam, ozaman”
Noto`g`ri! Faqat qorin mushaklarini chiniqtirish ozdiradi, desangiz adashasiz! Eng ma`quli turgan eringizda qadam tashlab, mashq qilishdir. Shuningdek, belni ikki yonga harakatlantirish hamfoyda beradi.
Yosh ulg`aygani sayin tana vazni ortib boradi!
Yolg`on! Tana vazni ortishiga yoshning ahamiyati yo`q. Shunchakijismoniy faollik kamayib, iste`mol qilinadigan mahsulotlar miqdori ortsa, odam to`lishadi. Agar jismoniy faollikni ko`paytirsangiz, yoshingizga mos tana vazniga ega bo`lasiz.
Surgi dori va peshob haydovchi damlamalar ozdiradi!
Noto`g`ri! Surgi dorilar ichaklardagi muammoni vaqtinchalik bartaraf etishi mumkin. To`g`ri, shu tufayli ozib qolgandek bo`lasiz. Ammo keyin birdaniga vazningiz ortib ketishi mumkin. Peshob haydaydigan damlamalarni esa shifokor ko`rsatmasisiz ichish tavsiya etilmaydi.