1

“Nokia” o`zining eng omabop smartfonini yangiladi

Hi-tech 29.11.2013, 10:42
“Nokia” o`zining eng omabop smartfonini yangiladi
“Nokia” kompaniyasi “Windows Phone” operasion tizimida ishlovchi hozirgi ommabop “Lumia 520”ning o`rniga kelgan “Lumia 525” byudjet smartfonini taqdim etdi.

Ushbu qurilmaga chastotasi 1 gigagersni tashkil etuvchi “Qualcomm Snapdragon” ikki yadroli prosessor o`rnatiladi. Operativ xotirasining hajmi esa oldingi modelga qaraganda ikki baravarga ko`payib, 1 gigabaytga etadi. Bu oldingi modelda ishlamagan ilovalar va o`yinlarni ishga tushirish imkonini beradi.

Yangi modelning qolgan xarakteristikalari o`zgarmagan: echimi 800x480 bo`lgan 4 dyuymli displey va 5 megapikselli kamera. Shuningdek, qurilmada 8 gigabaytli o`rnatilgan to`plovchi, 64 gigabaytgacha hajmdagi microSD kartasini quvvatlash funksiyasi mavjud. Bundan tashqari, “SkyDrive”da 7 gigabayt “bulutli” maydon ham taqdim etiladi. Qurilmaning rangini almashadigan qopqoqlar yordamida zarg`aldoq, oq, sariq va qora ranglarga o`zgartirish mumkin
bo`ladi.

Hozircha apparat faqat Singapurda taqdim etildi. Bu erda u 14 dekabrdan 200 dollar narxda sotila boshlanadi. Tahlilchilarning qayd etishicha, oldingi narxni saqlab qolgan holda telefon unumdorligining oshirilishi – kompaniya tomonidan tashlangan oqilona qadamdir. Bu unga “byudjetli” qurilmalar bozoridagi pozisiyalarini mustahkamlashga yordam beradi. 
Shu bilan birga, “Lumia 525” eng hamyonbop smartfonga aylanishi dargumon, chunki shu kunlarda AQShda “Motorola” kompaniyasi “Moto G” modelini 179 dollardan sota boshlaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1