AsosiySUG'DIYONA

EHTIYoT BO`LING: ShAMOLLASh MAVSUMI!

'EHTIYoT BO`LING: ShAMOLLASh MAVSUMI!'ning rasmi

Kimdir yo`talgan, kimdir aksirgan, yana kimdir isitmalagan… Kuz mavsumida bunday holatlarga ko`p guvoh bo`lish mumkin. Xo`sh, gripp yoki tumovga chalinganda, shamollaganda, tomoq og`rig`i, yo`tal bezovta qilganda uy sharoitida qanday choralar ko`rsa bo`ladi? Bu noxush holatlarning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Qaerda, qanday, qanchaga emlatish mumkin? Sahifamizdan shu kabi savollarga javob topasiz.

Tumovda…

  • Aloening yirik barglarini qaynatib sovutilgan suvda yuvib, arting. So`ng qirg`ichdan chiqarib, doka yordamida suvini siqib oling. Kuniga 3 tomchidan har 2-3 soatda burunga tomizing. Tomog`ingiz og`rigan bo`lsa, aloe sharbati bilan g`arg`ara qilishingiz mumkin.
  • Tuyatovon (mat-i-machexa) barglarini 2-3 daqiqaga issiq suvga soling. Keyin go`shtqiymalagichdan chiqarib, sharbatini siqib oling-da, 1:1 miqdorda iliq (qaynatilgan) suv qo`shing. Kuniga 3-4 mahal burningizga tomizing.
  • 1 osh qoshiq qizilmiya (solodka) ildizini 1 stakan qaynagan suvda damlang va 15 daqiqaga suv hammomiga qo`yib, aralashtirib turing. 45 daqiqa tindirib, dokada suzib oling. Bu damlama kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.
  • 5-6 dona behining o`rtasini, ya`ni urug`i joylashgan qismini 2 stakan suvga solib, qaynating. Biroz sovutib, kun davomida ichiladi. Bu damlama bronxlarni tozalab, balg`am ko`chishiga yordam beradi.

Laringitda…

Surunkali laringitda: zupturum (podorojnik) barglarini maydalab, 1 stakan qaynagan suvda 1 soatga damlab qo`ying. Bu damlama bilan kuniga bir necha mahal tomog`ingizni chaying.

O`tkir laringitda: mavrak (shalfey), qizilpoycha (zveroboy) va moychechak (romashka) gullaridan yarim choy qoshiqdan olib, 1,5 stakan qaynagan suvda damlang. Damlamani tindirib, dokada suzib, tomog`ingizni kun davomida har yarim soatda tez-tez chayib turing.

Shuningdek, 1 bo`lak sarimsoq piyozni 1 stakan sutda qaynating va yarim soat davomida iching.

Bronxitda…

  • 1 osh qoshiq qizilmiya (solodka) ildizini 1 stakan qaynagan suvda damlang va 15 daqiqaga suv hammomiga qo`yib, aralashtirib turing. 45 daqiqa tindirib, dokada suzib oling. Bu damlama kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.
  • 5-6 dona behining o`rtasini, ya`ni urug`i joylashgan qismini 2 stakan suvga solib, qaynating. Biroz sovutib, kun davomida ichiladi. Bu damlama bronxlarni tozalab, balg`am ko`chishiga yordam beradi.

Anginada…

  • 1 bosh piyozni qirg`ichdan chiqarib, sharbatini siqib oling. 1 choy qoshiq sharbatni kam-kamdan qultumlab yuting. Muolajani kuniga 3 marta takrorlash zarur.
  • Bodomsimon bezlar shamollaganda lavlagi sharbati yordam beradi. Lavlagini qirg`ichdan chiqarib, sharbatini siqib oling. Sharbatga 1 choy qoshiq sirka qo`shing va bu aralashma bilan kuniga 5-6 marta tomog`ingizni chaying.
  • Shamollaganda, isitma ko`tarilganda...
  • Kattaroq piyolaga 3-4 ta murch donachalari va biroz quruq choy (ko`k choy bo`lgani ma`qul) solib, damlang. Ustini yopib, 5-7 daqiqa tindiring. Issiqligida iching, murchning mazasini ham sezmaysiz. Choyni ichib, yaxshilab o`ranib yoting. 20 daqiqalardan keyin terlaganingizni his qilasiz, isitmangiz ham tushadi.
  • Shamollaganda ovqatlanishga ham e`tiborli bo`ling. Bunday paytda hazm bo`lishi og`ir ovqatlar iste`mol qilmagan ma`qul. Qaynatma sho`rva, yog`li qatiq, asalli sut kabi mahsulotlar iste`mol qilish kasallikni tezroq engishga yordam beradi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar