- Otam o`zi rahbarlik qilib kelayotgan korxonani o`g`limga vasiyat qilib qoldirmoqchi. Erim esa «Korxona o`g`limga o`tishi bilan uni o`z nomimga rasmiylashtirib, so`ng sotib yuboraman» deydi. O`g`lim endigina 10 yoshga to`ldi. Agar bobosi vasiyatni amalga oshirsa, erimning korxonada haqqi bo`ladimi?
- Ismi sir tutiladi
- Vasiyatnoma fuqaroning o`ziga tegishli mol-mulkini vafot etgan taqdirda qanday tartibda tasarruf qilish haqidagi oxirgi xohish irodasidir. Vasiyatnomaga ko`ra, meros oluvchining voyaga etmaganlik holatlari uning cheklanishiga asos bo`lolmaydi. Meros ochilgan vaqtda agar merosxo`r voyaga etmagan bo`lsa, u voyaga etguniga qadar mulk uning qonuniy vakillari tomonidan boshqariladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi