30.11.2013 10:46
Hamid Karzay AQShni tinch afg`onlarning o`limida aybladi
Uning so`zlariga ko`ra, o`tgan payshanba kuni AQSh HHKmamlakatning Pokiston bilan chegarasida joylashgan Gilmend viloyatidagi odamlar yashaydigan uyga bomba tashlagan, buning natijasida bir nafar bola halok bo`lgan, ikkita ayol jarohatlangan, deya xabar beradi “Reuters” agentligi.
- Ushbu zarba amerikaliklarning Afg`onistondagi tinch aholiga bo`lgan haqiqiy munosabatini
ko`rsatadi, - deydi Karzay ma`muriyatining vakili. Ushbu bayonot 2014 yildan keyin Amerika qo`shinlarining Afg`onistonda bo`lishini tartibga solishi kerak bo`lgan xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama kelishuvni imzolash muddatlari borasidagi Qobul va Vashingtonning bahs-munozaralari fonida yangradi.
Shu o`rinda,Afg`onistondagi 12 yillik harbiy nizolar davomida halok bo`lgan tinch afg`on
aholisining haqiqiy soni noma`lum ekanini aytish joiz. BMT ma`lumotlariga ko`ra, 2013 yilning birinchi yarmida mingga yaqin fuqaro halok bo`lgan, ikki mingdan ziyod kishi jarohatlangan. Bu 2012 yilning xuddi shu davridagi ko`rsatkichdan 23%ga ko`p.
Vashington oddiy fuqarolarning halok bo`lishiga olib kelgan AQShning Afg`onistondagi harbiy xatolari uchun uzr so`rashdan bosh tortmoqda. Bunga Afg`oniston rahbariyati ham ikki tomonlama bitim imzolanishining shartlaridan biri sifatida ishora qilyapti.