Parvoz vaqtida xavfsizlikni ta`minlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shuning uchun olimlar parvozni qulay va xavfsiz o`tkazish uchun yangi tizimni ixtiro qilishdi. Ukrainalik muhandis Vladimir Tatarenko samolyot falokatga uchraydigan bo`lsa, yo`lovchilar o`tirgan bo`lim alohida ajralib, har qanday balandlikdan erga xavfsiz qo`nish choralarini ko`ruvchi tizimni o`ylab topdi.






