30.11.2013 12:29
“GM” konserni “Opel”ga 4 mlrd evro tikishni rejalashtirmoqda
U 2016 yil oxirigacha ushbu brendga 4 milliard evro mablag` tikmoqchi. Ushbu pullarga kompaniya rekonstruksiya qilinib, yangi modellar ishlab chiqiladi.
“Opel” kompaniyasining hozirgi rahbari Karl-Tomas Noyman Evropa avtobozorida "Opel” va “Chevrolet” brendlarini differensiasiyalash va ikkala kompaniyani ham o`z strategiyasi bo`yicha rivojlantirish kerakligini bildirdi. Qo`yilgan vazifa aynan qanday usullar bilan amalga oshirilishi haqidagi savolga Noyman “biz buning ustida ishlayapmiz va hozir bu masalani muhokama qilmoqdamiz”, degan javobni bergan.
Qayd etib o`tamiz, “GM” konserni bir necha yildan buyon "Opel”ni premium brendiga, "Chevrolet”ni esa uncha qimmat bo`lmagan avtomobillar bozorining etakchisiga aylantirishga urinmoqda. Biroq, barcha urinishlarga qaramasdan, ikkala brend ham qiymati va modellarning jihozlanganligi nuqtai-nazaridan taxminan bir xil bo`lib qolmoqda.





