-1960 yilda tug`ilganman. 2015 yilning 17 sentyabrida nafaqaga chiqish uchun barcha kerakli hujjatlarni topshirdim. Biroq oradan bir necha oy o`tsa hamki pensiyadan darak bo`lmadi. Surishtirib borsam, hujjatlarda ayrim kamchiliklar bo`lgani uchun kechikayapti, qaytadan qilib bering deyishdi. Agar xabar olmasam umuman nafaqasiz yuraverar ekanmanda? Nega pensiya bo`limi xodimlari o`z ishlariga mas`uliyatsiz yondashishadi? Bu vaziyatlarda kimga murojaat qilish lozim?
Arzieva Guloyim, Qoraqalpog`iston Respublikasi
- «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida» gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni 43-moddasi 6-qismiga asosan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi bo`limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma`lumotlar berishlari, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida ko`maklashishlari shart.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi bo`limlari xatti-harakatlari ustidan shikoyat bevosita Pensiya jamg`armasining tegishli hududiy boshqarmasi (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) yoki Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparatiga berish mumkin.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






