AsosiyHi-tech

O`ZBEKISTONDA ChORVADORLAR UChUN KO`ChIB OLIB YuRILADIGAN MOBIL UY TAYYoRLANDI (FOTO)

'O`ZBEKISTONDA ChORVADORLAR UChUN KO`ChIB OLIB YuRILADIGAN MOBIL UY TAYYoRLANDI (FOTO)'ning rasmi

BMTTD-GEJ loyihasi tomonidan O`zbekistonning ikkita hududidagi chorvadorlar uchun tirkama - ko`chib olib yuriladigan uy tayyorlandi.

Ikkita mobil – ko`chib olib yuriladigan uy Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi fermer xo`jaligiga va Buxoro viloyatining Qorako`l tumanidagi chorvador cho`ponga topshirildi.

Mobil uy tirkama sifatida, ko`chirib olib yurishga moslashtirilgan. Ular yaylov–cho`l hududlarining hohlagan qo`lay erlarida o`rnatilib, cho`l hududida chorvadorlar uchun zamonaviy yashash sharoitini yaratishi mumkin.

Mobil-ko`chib olib yuriladigan tirkama uyda 3 kishini yashashi va ishlashi vaqtida birlamchi maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo`ladigan barcha sharoitlar to`liq yaratilgan. Tirkama uyda chorvadorlarni dam olishi, uxlashi va ovqatlanishiga etarli joy, 2 bo`lmali gaz plitasi, kichik muzlatkich, qo`l yuvish jihozi, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy buyumlarni saqlash uchun shkaf-tumbalar mavjud.

Mobil-uyning tom qismida 150 Vt kuchiga ega quyosh batareyasi o`rnatilgan bo`lib, u uyning ichki va tashqarisidagi chiroqlarni yoritish, kichik muzlatkich, maishiy jihozlar va qo`l yuvish jihoziga suv uzatadigan nasosni ishlashi uchun etarli miqdorda elektr energiya ishlab chiqaradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar