Tishlar salomatligi faqat 2 foiz nasliy omilga, 98 foiz esa o`zimizga bog`liq. Ularni kuniga ikki marta — nonushta va kechki ovqatdan so`ng yuvish kerakligini hamma biladi. Homiladorlarda tish cho`tkasi milklarni tirnamasligi uchun o`rtacha qattiqlikda bo`lishi kerak.
1. Tish pastasini haddan ortiq ko`p siqib chiqarmang. Uning tarkibidagi ftor, bikorbonat va oqartiruvchi vositalar me`yordan ortib ketsa, zararli.
2. Tishlarning avval ustki tomonini, oralarini, keyin esa ichkarisini yuving. Chaynaladigan qismini tozalashni ham unutmang.
3. Har bir hududni tish cho`tkasi bilan 10 martadan ishqalash kerak. Avval tepadan pastga, u yondan bu yonga, keyin aylanma harakatlar bilan — bu formulaga hamisha amal qiling.
4. Yuvib bo`lgach, maxsus tish chayqash vositalari, balzamlardan foydalaning.
5.Tishingizni biron musiqa jo`rligida, ya`ni u tugaguncha ishqalab turishga odatlaning. Odatda, musiqa 3 daqiqa davom etadi.
Maslahat. Tishlarni yuvgandan keyin darrov achchiq choy, qahva, qizil rangdagi kompot va boshqa rangli ichimliklarni ichish, shokolad, lavlagi kabi rangli mahsulotlarni iste`mol qilish mumkin emas. 15-20 daqiqaga ulardan tiyilib turing. Aks holda ularning rangi tish emaliga singib, hech qachon ketmaydi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.