AsosiySUG'DIYONA

QO`LSOChIQ VA DASTURXONNI TOZALASh SIRLARI

'QO`LSOChIQ VA DASTURXONNI TOZALASh SIRLARI'ning rasmi

Ohorini yo`qotgan qo`lsochiq va dasturxonni sovun bilan qaynatib, 3 osh qoshiq spirt hamda 1 osh qoshiq skipidar qo`shilgan suv bilan chaying.

  • 1 chelak issiq suvga 2 osh qoshiq vodorod peroksidi va 1 osh qoshiq novshadil spirti solib, yuvilgan sochiqcha yoki dasturxonni 20 daqiqa ivitib, chayib tashlang.
  • Rangli qo`lsochiq va dasturxonni yuvishdan oldin 1 osh qoshiq tuz qo`shilgan 1 litr suvga solib qo`ysangiz, yuvganingizda rangini yo`qotmaydi.
  • Oshxonadagi gazmollarni kraxmallash uchun 3 stakan sovuq suvda 0,5 stakan kraxmalni eriting. Chuqurroq idishga 3 litr qaynagan suv solib, dasturxon va qo`lsochiqlarni unga botirib-botirib oling. Tekislab quriting.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar