AsosiySUG'DIYONA

ASALTERAPIYa

'ASALTERAPIYa'ning rasmi

Sabzi sharbati bilan

Bir qoshiq asal qo`shilgan bir stakan sabzi sharbati organizmni kun bo`yi kuch-quvvatga to`lib yurishini ta`minlaydi. Agar bu sharbatga yong`oq va mayiz qo`shib, uyqu oldin iste`mol qilinsa, yanada yaxshi natijalar beradi.

Moychechakli choyga qo`shib

Xuddi shunday qilib moychechak bilan aralashtirsangiz, charchoqni oladi, asablarni tinchlantiradi, qon bosimi pastlarga yaxshi shifo hisoblanadi. Agar 8 soat to`liq uxlashga vaqtingiz bo`lmasa, kechqurun moychechakli choy damlab asal qo`shib, ichib yoting.

Limon va asal

Bu sharbat ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvini yaxshilashi bilan birga ozish uchun parhez tutayotganlar uchun juda foydali. Qisqa muddatda ozishni xohlaganlar haftada bir marta asal va limon sharbati bilan parhez tutishlar lozim.

Immunitetni oshirish chorasi

Shamollaganda asal choy ichish lozimligini hamma biladi. Agar gullash davrida allergiya bezovta qilsa, buning oldini olish maqsadida har kuni bir choy qoshiqdan asal eyish kerak. Har xil dorilar o`rnida sog`lik eleksirini iste`mol qilgan ma`qul.

Buning uchun bitta limonni maydalab, bir stakan yong`oq va yarim stakan asal bilan aralashtirasiz va uni bir qoshiqdan iste`mol qilasiz.

Go`zalllik uchun

Asal terini namlantirish, taranglashtirish va mayin qilibgina qolmay sochlarni qalin va tovlanuvchan qilish xususiyatiga ega.

Yuz terisiga niqob sifatida 1 ta tuxum sarig`i, 1 choy qoshiqdan tvorog va asal qo`shib aralashtirasiz. So`ng yuzingizga surting.

Bundan tashqari, qirg`ichdan o`tkazilgan yarimta olmaga 1 choy qoshiq asal qo`shib ham niqob tayyorlash mumkin.

Soch uchun esa 2 osh qoshiq asalga 1 osh qoshiq limon sharbati qo`shib, niqob tayyorlasa bo`ladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar